O‘zbekistonda qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda.
Senatorlar atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini cheklash va to‘xtatib turish shartlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi.
Jahon banki issiqxona emissiyasini kamaytirish va xalqaro uglerod bozorlariga kirish loyihasi uchun O‘zbekistonga 46,2 mln dollarlik grant ajratmoqda. Parij kelishuvi doirasida mintaqadagi birinchi bunday tashabbus 2028-yilga kelib CO2 chiqindilarini taxminan 60 mln tonnaga kamaytirishga yordam beradi.
Janubiy Koreya Jizzaxda tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qiluvchi va poligon gazlarini ushlab qoluvchi obyektlar quradi. 6,6 mln dollarlik loyihani amalga oshirish bitimi mamlakat Atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti hamda O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi o‘rtasida imzolandi.
Toshkent viloyatida «Ohangaron» va «Maydontol» poligonlaridan chiqadigan gazni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi boshlandi. Chiqindi gazlaridan elektr toki ishlab chiqarish loyihasi Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting